23 ta maqollar tejamkorlik va hisob kitob haqida

Ushbu sahifada tejamkorlik, avaylab ishlatish va pul to'plash haqida o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Tejab yegan darmonda,
    Tejamagan — armonda.
  2. Baraka — tejamlikda,
    Yutuq — ahillikda.
  3. Ozni beja, ko'pni teja.
  4. Tejagan terga tushmas.
  5. Tejamaganning tagi — tang.
  6. Tejog'lik ish — bejog'lik ish.
  7. Tejog'lik ro'zg'or — bejog'lik qo'g'irchoq.
  8. Rejali ish — tejamli ish.
  9. Bekniki — bejog'lik,
    Boyniki — tejog'lik.
  10. Ro'zg'or o'lchov bilan,
    Boylik tejov bilan.
  11. Birin-birin ming bo'lar,
    Toma-toma ko'l bo'lar.
  12. Boylik ushoqdan yig'ilar.
  13. Daryo-daryo qabul qil,
    Tomchi-tomchi yubor.
  14. Don ayagan donga yetar,
    Non ayagan — nonga.
  15. Yig'sang yetasan, sovursang ketasan.
  16. Yig'sang — ko'p, sovursang — oz.
  17. Ota mulki bo'lsa ham, ayab ye.
  18. Otni ayagan ot minar,
    To'nni ayagan to'n kiyar.
  19. Toma-toma ko'l bo'lar,
    Oqa-oqa sel bo'lar.
  20. To'qlikda ochlikni o'yla,
    Boyiganda — muhtojlikni.
  21. Hamyonini qadrlagan hisobini puxta qilar.
  22. Holingga qarab hissa qo'sh.
  23. Ko'rpangga qarab oyoq uzat.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar

5