16 maqollar: temir, temirchi, temirchilik haqida

Ushbu sahifada temir, temirchi, temirchilik so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Uchqundan qo‘rqqan temirchi bo’lmas.
  2. Temirchiga ko‘mirchi hokim.
  3. Temirchi taqaga yolchimas,
    Bo‘zchi — belboqqa.
  4. Otang temirchi bo’lsa ham, gapni cho‘zma.
  5. Ko’mirni o’girlagan temirchi,
    Baloga qolgan ko‘mirchi.
  6. Ignachining ming urgani —
    Temirchining bir urgani.
  7. Temirchidan ko‘mir so’rama.
  8. G’ayrat etgan tog’ni kesar,
    G’ayrat temir arqonni uzar.
  9. Zang temirni kemirar,
    Hasad — odamni.
  10. Yog‘och kessang, uzun kes, kessa bo‘lar,
    Temir kessang, qisqa kes, cho‘zsa bo‘lar.
  11. Temirning bir boshi issiq, bir boshi sovuq.
  12. Temir olovga tushsa, tilni tushunadi.
  13. O’tmas umr bo’lmas,
    Sinmas — temir.
  14. Temir taqqan termulmas.
  15. Temirning kichigi ham — temir,
    Sirning kichigi ham — sir.
  16. Zang temirni kemirar,
    G‘am — odamni.