25 ta maqollar tenglik va barobarlik haqida
Ushbu sahifada teng, barobar va boshqa shunga o'xshash so'zlar ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Tenglik — kenglik.
- Teng tengi bilan,
Tezak qopi bilan. - Tengini topsang, tekin ber.
- Ipni ipga qo'sh,
Tengini — tengiga. - Besh barmoq barobar emas.
- Piyoda tuyadagi bilan barobar emas.
- Bo'y — bo'ylab,
Teng — tenglab. - Baxtli bilan bahslashma,
Tomlik bilan tenglashma. - Yo'ling bilib, yo'ldosh qil,
Tenging bilib, tengdosh qil. - Teng bo'lmay, duch bo'lmas.
- Teng yeganni tangri suyibdi,
Ortiq yeganni arvoh uribdi. - Tengsiz bilan teng bo'lma.
- Bo'ying tengi bilan yurma,
Aqling tengi bilan yur. - Telba tengi bilan,
Etagi yengi bilan. - Qo'y bilan bo'ri bir og'ilda yashamas.
- Ko'rpangga qarab oyoq uzat.
- Tovoqqa qarab oshini ol.
- Gul — gulga,
Tikan — tikanga. - Yog' — yoqqa,
Go'sht — go'shtga. - Ilon tilini ilon tushunar.
- Kar karni bilar,
Zo'r — zo'rni. - Ko'r ko'r bilan qorong'ida topishar.
- Ot tepkisini ot ko'tarar.
- O'lim shoh-u gadoga barobar.
- Hamma odam — bir odam,
Hamma maxluq — bir maxluq.