60 ta maqollar til, shirin so'z va muloyimlik haqida
Ushbu sahifada til, shirin so'z, xushmuomalalik va muloyimlik haqida o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Odobning — boshi til.
- Mehr xazinasi — til.
- Bir shirin so'z bitkazar,
Ming ko'ngilning yarasin. - Tilni tiyishni ham bil, deyishni ham bil.
- Do'sting ham — til,
Dushmaning ham — til. - Til — aql bezagi.
- Til — aql o'lchovi.
- Til bor, bol keltirar,
Til bor, balo keltirar. - Til — dil kaliti.
- Tilga e'tibor — elga e'tibor.
- Tilga ixtiyorsiz — elga e'tiborsiz.
- Tili nopok — o'zi nopok.
- Tili shirinning do'sti ko'p.
- Shakar ham tilda,
Zahar ham tilda. - Shirin so'z shakardan shirin.
- Shirin so'zli shoh kosasida suv ichar.
- Tildan toygan yig'laydi,
Tilini tiygan gullaydi. - Yomon til boshga balo keltirar,
Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. - Sevdirgan ham til,
Bezdirgan ham til. - Suydirgan ham til,
Kuydirgan ham til. - Achchiq til — zahri ilon,
Chuchuk tilga — jon qurbon. - Ey til, yaxshilikni bil.
- Til — dil tarjimoni.
- Dili qing'irning tili qing'ir.
- Dili qora — till qora.
- Yomon odam til bilan kuydirar.
- Ilon zahri — tishida,
Yomon zahri — tilida. - Ko'ngilni qo'l bilan ovlamasang,
Til bilan ovla. - Ochiq til osh yedirar,
Achchiq til tosh yedirar. - Til tig'i qilich tig'idan o'tkir.
- Til yugurigi — boshga,
Oyoq yugurigi — oshga. - Tilingda bo'lsa boling,
Kulib turar iqboling. - Tilni bog'la dil bilan,
Dilni bog'la til bilan. - Uzun tilim — uzgun tilim,
Qisqa tilim — tizgin tilim. - Tilingni botir qilma,
O'zingni botir qil. - Aqli kaltaning till uzun.
- Nodonning dili — tilida,
Dononing tili — dilida. - Shirin choying bo'lmasa,
Shirin tiling bo'lsin. - Mullaning oldida tilingni tiy,
Ustaning oldida — qo'lingni. - Til kichik bo'lsa ham dunyoni buzar.
- Til tugsa, tish yecholmas.
- Chaqimchining tilidan ilon hazar qilar.
- Til bilgan navkar — bol bilan shakar,
Til bilmas navkar — obro'ni to'kar. - Tilning suyagi yo'q.
- Ko'rganning tili bildirar,
Kuyganning — dili. - Buqa shoxidan ilinar,
Odam — tilidan. - Tiling bilan ko'nglingni bir tut.
- Tilning bo'shi boshga yetar.
- Tilginamdan qo'rqaman,
Boshginamnnig balosi. - Bola — shirinlikning adoyi,
Qariya — shirin so'zning gadoyi. - Bemorga shirin so'z kerak,
Aqlsizga — ko'z. - Puling bo'lmasa, bo'lmasin,
Shirin so'zing bo'lsin. - Shirin-shirin so'zlasang,
Ilon inidan chiqar. - Shirin yuzingdan shirin so'zing a'lo
- Mehmonga shirin so'z ber.
- Shirin oshing bo'lmasin,
Shirin so'zing bo'lsin. - Shirmoy noningni berma,
Shirin so'zingni ber. - Do'st orttiraman desang,
Shirin suhbat qil. - Shakarli tilga ishonma.
- Shirin gapga uchma,
Maqtaganni quchma.