18 ta maqollar tinchlik, totuvlik, osoyishtalik haqida

Ushbu sahifada tinchlik, totuvlik, osoyishtalik so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Tinchlik — farovonlik yo'ldoshi.
  2. Vataning tinch — sen tinch.
  3. Olam tinch — xonam tinch.
  4. Oila tinch — yurt tinch.
  5. Tinch elning bog'i gullar.
  6. Yaxshi yurgan yerida,
    Tinchlik solar eliga.
  7. Och yur, tinch yur.
  8. Och qornim — tinch qulog'im.
  9. Hushyorliging — tinchliging.
  10. Tinchlik — baxt, sog'lik — taxt.
  11. Xalq tinchligin buzgan omon qolmas.
  12. Urush ayirar,
    Tinchlik topishtirar.
  13. Yurti tinchning eli tinch.
  14. Qo'shning tinch — sen tinch.
  15. Og'a-ini totuv bo'lsa, ot ko'p,
    Opa-singil totuv bo'lsa, osh ko'p.
  16. Og'a-ini totuv bo'lsa,
    Tog'ni talqon qilar.
    Opa-singil totuv bo'lsa,
    Uyni bo'ston qilar.
  17. Totuv turmush — uzoq umr.
  18. Osoyishtalik — eng yaxshi malham.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar