16 ta maqollar tozalik, poklik, ozodalik va orastalik haqida

Ushbu sahifada tozalik, pokizalik, ozodalik, orastalik, sarishta va saranjomlik so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Tozalik — sog'lik garovi.
  2. Toza uyda dard qolmas.
  3. Uyi tozaga gard yuqmas,
    Gard yuqsa ham, dard yuqmas.
  4. Tomog'ining yo'li toza,
    Ishi bo'lar pokiza.
  5. Yurak toza — tilak toza.
  6. Qalbing toza — umring toza.
  7. Yangi supurgi toza supurar.
  8. Toza ko'zaning suvi toza.
  9. Toza havo — dardga davo.
  10. Poklik sog'liqni, aql sabrni saqlar.
  11. Pokliging — sog'liging.
  12. Dili pokning ishi — pok.
  13. Tili nopok — o'zi nopok.
  14. Ayolning sarishtasi —
    Ro'zg'orning farishtasi.
  15. Sarishtali uy — farishtali uy.
  16. Epli xotin uyni tutar orasta,
    Epsizda uy to'ri latta-putta.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar