14 ta maqollar TULKI haqida
Ushbu sahifada tulki so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Tulki tulkiligini qilguncha,
Terisi qo’ldan qo’lga o’tar. - Tulki tovga,
Quyrug’i soyga. - Bir tulki yetti bo’rini yetaklar.
- Yuguruk itni tulki suymas,
Yuguruk tulkini — it. - Tanlagan tulkiga yo’liqar.
- Eshakliga tulki uchrar.
- Tulkining ming bir hunari bor,
Hammasidan oxirgisi ulug‘vor. - Tulkining hiylasi ko‘p,
Yaxshisi — qochmoq. - Tulkining o’zi emas, terisi pul.
- O’xshamagin tulkiga,
Qolarsan ko‘p kulkiga. - Tulki iniga qarab ulisa, qo‘tir bo’ladi.
- Tulki inidan nolisa, o’ziga nomus.
- Tulki qancha qochmasin, borar joyi
Mo‘ynado‘zning do‘koni. - Har yerning tulkisini o‘z tozisi bilan ovla.