20 maqollar ot, tulpor haqida
Ushbu sahifada ot so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Yaxshi ot keyin chopar.
- Yotaversa, ot ham ozar.
- Yomon ot to’rva teshar.
- Ot tepkisini ot ko’tarar.
- So’qir otga qo‘tir ot uyur.
- Yo’l ko’rgan ot yo’lga sig’mas.
- Ot ko’rmagan ot ko‘rsa,
Otxonada ot chopar. - Ot bozori — baxt bozori.
- To‘n — kiyganniki,
Ot — minganniki. - Ot bo’lguncha, toy ham bo‘lar.
- Toy mingan ot ham minar.
- Ot qarisa, devonaga tushar.
- Ot minsang o‘ylab uzoqni,
Bilib yur yo’ldagi tuzoqni. - Ot olsang, otasini surishtir.
- Ot olsang, uying bilan kengash,
Ot sotsang — ovuling bilan. - Toy qoqilib ot bo‘lar,
Ot bo‘lguncha lat yeyar. - Qari ot ko‘p yo’l bilar.
- Har kim ham chaqilar,
Yaxshi ot ham qoqilar. - Ola butaga ot berkitma.
- Oriq ot manzilga yetkazmas.