28 ta maqollar TUYA haqida
Ushbu sahifada tuya so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Oq tuya cho‘kmas, ko‘k tuya turmas.
- Yomon yo’ldan yurgan tuya cho’kar.
- Tuya ham muomalaga cho’kar.
- Tuya qancha bo’lsa, jihozi — o‘shancha.
- Tuya — qancha, yarasi — shuncha.
- Yo‘lda yursang, tuya ishlat,
Elda yursang — miya. - Gavdasiga mag’rur tuya
Muchalga kirmay qolibdi. - Tuya bo‘ynim uzun deb, karrakdan quruq qolibdi.
- Tuya — katta,
Yag‘rini — undan ham katta. - Tuya o‘yin tushsa, qor yog’ar.
- Barcha yukni ko‘targan tuya
Cho‘michni ham ko‘tarar. - Tayloqni tayloq dema,
Tayloq tuya bo’lar. - Tuya elakka qolganda «bо‘» depti.
- Yolg’iz bola yig’loq bo’lar,
Yolg’iz tuya — baqiroq. - Tuya hammomni havas qilar.
- Tuya qo’tir bo’lsa, bo’tasini bulg’ar.
- «Cho‘k» desa, tuya ham cho’kar.
- Tuya elakka qolganda oqsar.
- Tuya och bo‘lsa, jihoziga tarmashar.
- Tuya cho‘ksa, tuki qolar,
Agar o‘lsa, yuki qolar. - Tuya qochib yukdan qutulmas.
- Tuya cho‘ksa, joy olar.
- Kichkina yukka tuya tiz cho‘kar.
- Tuya tilini karvon bilar.
- Tuyali boy — dunyoli boy.
- Tuyali yerda tut bo’lmas.
- Tuya qarisa, bo‘tasiga ergashar.
- Yuvvosh tuya yumushga yaxshi.