11 ta maqollar TUZ haqida

Ushbu sahifada tuz so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Bir kun tuz ichgan joyga
    Qirq kun salom ber.
  2. Tuzini yeb, tuzlig‘iga tupurma.
  3. Yomonga qiz tugul, tuz ham berma.
  4. Ovqatni tuz mazali qilar,
    Odamni — so‘z.
  5. Tuz asrama, suv bo’lar,
    Qiz asrama, quv bo’lar.
  6. Qiz puli — tuz puli.
  7. Qiz saqlaguncha, bir siqim tuz saqla.
  8. Ot tuz deydi,
    Yigit — qiz.
  9. Tuya tuzni sevar,
    Yigit — qizni.
  10. Taom tuz bilan,
    Tuz o’lchov bilan.
  11. Moy aynisa, tuz solar,
    Tuz aynisa, ne solar.