34 ta maqollar UY haqida
Ushbu sahifada uy so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Sarishtali uy — farishtali uy.
- O’z uyim — o’lan to‘shagim.
- Yolg’iz yog‘och uy bo‘lmas.
- Hashar qildim — uy qurdim,
Unda ko’p hikmat ko‘rdim. - Janjalli uy — azobli go‘r.
- Ilmli uy — charog’on.
Ilmsiz uy — zimiston. - Mehmon kelgan uy — barakali.
- Aqlli xotin — uy kо‘rki,
Chiroyli xotin — ko‘cha ko‘rki. - Qiz bola — uy ziynati.
- Epli xotin uyni tutar orasta,
Epsizda uy to‘ri latta-putta. - O’tirgan qiz uy topar.
- Bolali uy — bozor,
Bolasiz uy — mozor. - Oshsiz uy bor-u janjalsiz uy yo’q.
- Ro’zg‘or ziynati — o‘tin,
Uy ziynati — xotin. - Xotin — uy bezakchisi,
Er — uy ko‘makchisi. - O‘tinsiz qozon qaynamas,
Xotinsiz uy yayramas. - Qizli uy — bo‘ston,
Qizsiz uy — zimiston. - Uyga kelganga uy bo’yi gap aytma.
- Qarovsiz uy — tashlandiq o’ra.
- Molsiz uy bor, nonsiz uy yo‘q.
- Uy siri — yopig’lik qozon.
- Uy o’zimniki dema,
Uy orqasida kishi bor. - Yo’l odami yo’lga yaxshi,
Uy odami — uyga. - Vaqti yetsa, qush ham bolasiga uya qurar.
- Dunyo yorug’ bo’lsin desang,
Uyingga chiroq yoq. - Yaxshilik qil, uyingga aytma.
- Uying tor bo’lsa ham,
Ko‘ngling keng bo’lsin. - O’zing o’yda bo‘lsang ham, o‘ying uyingda bo’lsin.
- Ishlaganing — uyingga,
O’rganganing — o ‘zingga. - Uying кара bo’lsin,
Noning katta bo’lsin. - Supurilmagan uyga mehmon kelar.
- Baxt kulgu bor uyga kirar.
- Kelin kirgan uyga nur kirar.
- G‘amli uyga shodlik kelar,
Kambag’alga — ozodlik.