13 maqollar uyqu, dam olish haqida

Ushbu sahifada uyqu so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Ahmoqning kulgusi ko‘p,
    Dangasaning — uyqusi.
  2. Uxlagan uyqu olar,
    Uxlamagan — yilqi.
  3. Tush uyqusi — qush uyqusi.
  4. Saboq mushkul bo‘lsa, o’quvchini uyqu bosar.
  5. Uyqu o‘rin tanlamas.
  6. Uyqu arslonni ham yiqitar.
  7. Uyqu o’lim bilan teng.
  8. Uyqu uyquning sherigi.
  9. Uyquning ozi ham chaksa,
    Ko‘pi ham chaksa.
  10. Uyqu kelmasdan burun o‘rin sol.
  11. Uyqu kasal chaqirar.
  12. Yangi boyda tinim yo‘q,
    Eski boyda — uyqu.
  13. Yaxshi dam — mehnatga hamdam.