26 ta maqollar vaqt qadri haqida
Ushbu sahifada vaqt qadri haqida o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Vaqting bor — naqding bor.
- Vaqtdan yutding — baxtdan yutding.
- Vaqt — omad.
- Vaqt — g'animat,
O'tsa — nadomat. - Ish bilan vaqt tez o'tar.
- Barvaqt qilingan harakat,
Hosilga berar barakat. - Vaqillagan vaqtni o'tkazar,
Qo'lidan naqdni ketkazar. - Vaqt aqchadur,
G'ofil bo'lma, qochadur. - Vaqt ketdi — baxt ketdi,
Toji sari taxt ketdi. - Vaqt tog'ni yemirar,
Suv toshni kemirar. - Vaqt — qozi.
- Vaqting ketdi — baxting ketdi.
- Vaqting ketdi — naqding ketdi.
- Vaqtli harakat — oxiri barakat.
- Yoqut bilan vaqt topilmas,
Vaqt bilan yoqut topilar. - Yo'qolgan oltin topilar,
Yo'qolgan vaqt topilmas. - Uch kun barvaqt turgan bir kun yutar.
- Ertalabki vaqt — naqdgina baxt.
- O'tgan vaqt yo'qolgan oltindan qimmat.
- Bola shoshar,
Tut vaqtida pishar. - Har narsaning vaqti bor,
Har bir qizning baxti bor. - Har bir ishning vaqti bor,
Vaqt bilganning baxti yor - Har meva o'z vaqtida pishar.
Har narsa o'z vaqtida yarashar. - Umr temir bo'lsa ham, bir kun eriydi.
- Umr — o'tkinchi mehmon.
- Tushlik umring bo'lsa, choshlik harakat qil.