TOP-30 maqollar VATAN & ONA YURT haqida

Maqollar-vatan-photo

Bu sahifada Vatan & Ona yurt haqida o'zbek tilida 30 ta maqollar va hikmatli so'zlar joylashtirilgan. Ushbu maqollar bolalar uchun va kattalar uchun ham ma'qul bo'ladi degan umiddamiz. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

1. Vataning tinch — sen tinch.


2. Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.


3. Ona yurting — oltin beshiging.


4. Ona yurting omon bo'lsa,
Rangi ro'ying somon bo'lmas.


5. O'z yurtingning qadri
O'zga yurtda bilinar.


6. O'z yurting — o'lan to'shaging,
O'zga yurt bo'lmas beshiging.


7. Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.


8. Vatansiz inson — kuysiz bulbul.


9. Vatanga kelgan — imonga kelar.


10. Kiymoqqa katan yaxshi,
Turmoqqa vatan yaxshi.


11. Tug'ilgan yering — Vataning,
Vataning — nomusing.


12. El qudrati — chin qudrat,
Vatan tuprog'i — qimmat.


13. Tug'ilgan yerdan ko'ngil uzilmas,
Yurt qo'riganning yurti buzilmas.


14. Yurt qo'risang, o'sarsan,
Qo'rimasang, to'zarsan.


15. Yurti boyning o'zi boy.


16. Yurt desa, yugurib ishla.


17. El sog'ligi — yurt boyligi.


18. Vatan gadosi — kafan gadosi.


19. Vatan uchun o'lmoq ham sharaf.


20. Vatan qadrini bilmagan o'z qadrini bilmas.


21. Vatanga falokat — o'zingga halokat.


22. Vatangado bo'lguncha,
Kafangado bo'l.


23. Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o'lar.


24. Vatanni sotgan er bo'lmas.


25. Vatanning vayronasi — Umrning g'amxonasi.


26. Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.


27. O'lsang o'l,
Vataningda bo'l.


28. Birovning yurtida bek bo'lguncha,
O'zingning yurtingda it bo'l.


29. O'zga yurtning gulidan,
O'z yurtingning cho'li yaxshi.


30. Yoridan ayrilgan yetti yil yig'lar,
Yurtidan ayrilgan o'lguncha yig'lar.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar