26 ta maqollar XALQ haqida

Ushbu sahifada xalq so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Suvning oqishiga qara,
    Xalqning xohishiga qara.
  2. Xalq aytgani — haq aytgani.
  3. Xalq aytmas,
    Xalq aytsa, hech qaytmas.
  4. Xalq aytsa, elab aytar,
    Haq so’zni bilib aytar.
  5. Xalq bor yerda haqlik bor.
  6. Xalq degan xoli ketmas.
  7. Xalq ishi — haq ish.
  8. Xalq kuchiga to’g’on yo‘q.
  9. Xalq meniki dema,
    Sen — xalqniki.
  10. Xalq puflasa, bo’ron bo’lar,
    Xalq tepinsa — zilzila.
  11. Xalq tinchligin buzgan omon qolmas.
  12. Xalq — tosh, amaldor — suv.
  13. Xalq xohlasa tuzishni,
    Hojati yo‘q cho’zishni.
  14. Xalq g’azabi — xudo g’azabi.
  15. Xalq qarg’asa, xor bo‘lasan,
    Xalq qo’llasa, bor bo’lasan.
  16. Xalq qo’zg’alsa — daryo.
  17. Xalq hukmi — haq hukmi.
  18. Xalqdan ajralganning yuzi qora bo’lar,
    Yurtdan ajralganning so’zi ado bo’lar.
  19. Xalqni xon ham yengolmas.
  20. Xalqqa suyansang, bo’lasan,
    Xalqdan chiqsang, so’lasan.
  21. Xalqqa xiyonat qilding,
    O’zingga jinoyat qilding.
  22. Xalq molini yegan halqumidan ilinar.
  23. Haq ishni xalq qo’llar.
  24. Xalq do‘stligi — yurt boyligi.
  25. Baxshining qadrini xalq bilar,
    Xalqning qadrini mard bilar.
  26. Hokim bo’lsang, xalqni bil.