24 maqollar xato qilish, xatolar, ayb haqida
Ushbu sahifada xato va ayb so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Xato qilmoq bordir,
Tuzatmaslik ordir. - Ish bor yerda xato bor.
- Xatoning yo’ldoshi — jazo.
- Dushman siringni o‘g‘irlar,
Do‘st xatongni to‘g‘rilar. - Yaxshining xatosi yo’q,
Nodonning — oshnasi. - Xatosiz mergan bo‘lmas.
- Aybi borning tizi qaltirar.
- Birovning aybiga ko’z-quloq bo’lma.
- Kishi aybiga etak уop.
- Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar.
- Aybini yashirmoq nodonlar ishi.
- Aqlli o‘zini ayblar,
Aqlsiz — do‘stini. - Nodon o’z aybini ko‘rmay,
Kishi aybini qidirar. - Aybiga iqror mard kishi,
Yashirmoq — qo’rqoq ishi. - O‘z aybini bilgan — mard.
- Har go’zalning bir aybi bor.
- O’z aybingni ochsang,
Elning mehri qochar. - G’ar o‘ziga esh tortar,
Yomon aybini birovga ortar. - Avval o‘z aybingni bil,
So’ngra boshqadan kul. - So‘raganning aybi yo‘q.
- Har to‘kisda — bir ayb.
- Birovning aybini senga aytgan,
Sening aybingni ham birovga aytar. - Do‘stning ko‘zi ayb ko‘rmas.
- Yo‘ldosh aybini yo’l ochar.