15 maqollar yolg’izlik haqida
Ushbu sahifada yolg’iz so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Yolg’iz daraxt o‘rmon bo’lmas.
- Yolg’iz yog‘och pana bo’lmas.
Yolg‘iz biyaga sova to’lmas. - Yolg’iz yog‘och uy bo‘lmas.
- Yolg‘iz itning hurgani bilinmas,
Yolg‘iz kishining yurgani bilinmas. - Yolg‘iz yigit alp bo‘lar,
Alp bo‘lsa ham, qalp bo’lar. - Yolg‘iz yigit yov olmas.
- Yolg‘iz otning changi chiqmas,
Changi chiqsa ham dong‘i chiqmas. - Yolg‘iz tuya baqiroq bo‘lar,
Yolg‘iz bola yig‘loq bo‘lar. - Yolg‘iz yurib yo‘l topguncha,
Ko‘p bilan yurib adash. - Yolg‘iz uyda qozon qaynamas.
- Yolg‘iz qo‘yning terisi po‘stin bo‘lmas.
- Yolg‘iz g‘ozning uni chiqmas,
Yolg‘iz qizning mungi chiqmas. - Yolg‘izga yo‘l uzoq.
- Yolg‘izlik kishi yurtida bilinar.
- Yolg‘izning yoyi yo‘qolsa, topilmas,
Ko‘pning o‘qi yo‘qolsa, topilar.