18 ta maqollar yolg'onchilik va aldoqchilik haqida
Ushbu sahifada yolg'on va aldov haqida o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Yolg'on aytib foyda ko'rsang,
Oxiri zarar toparsan. - Yolg'on gap yoqadan chiqar.
- Yolg'on gapirib yashagandan
Rost gapirib o'lgan yaxshi. - Yolg'on rostdan yengilar,
To'g'ri elda tanilar. - Yolg'on uzoqqa ketsa ham,
Haqiqat quvib yetar. - Yolg'on uyaltirar,
Rost suyuntirar. - Yolg'onning umri — qisqa.
- Yolg'onchi yorilib o'lar.
- Yolg'onchiga qo'shilma,
To'g'ri so'zing yashirma. - Yolg'onchining guvohi yonida yurar.
- Yolg'onchining guvohi — qasam.
- Yolg'onchining yonidan o'tma,
Rostgo'yning yonidan ketma. - Yolg'onchining rost so'zi ham yolg'on.
- Yolg'onchining tili — kalta.
- Rostgo'ylik — baxt,
Yolg'onchi — badbaxt. - Yolg'onchilik — ko'rgulik.
- Uyalmay desang, yolg'on gapirma.
- Birovni aldama,
Yurgan ko'changning boshi berk.