10 maqollar yordam, ko’mak haqida

Ushbu sahifada yordam va ko’mak so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Yordam bergin,
    Kimsan, deb so’rama.
  2. Nomarddan yordam so‘rama,
    Yuzingga solar.
  3. Yordami yo’q qarindoshdan
    Yetti yot begona yaxshi.
  4. Ko’p ko’makka yaxshi,
    Oz — barakka.
  5. Davlatingni sinasang, kunjut ek,
    Obro‘yingni sinasang, ko‘makka ayt.
  6. Xotin — uy bezakchisi,
    Er — uy ko‘makchisi.
  7. Qo’shni keldi — ko’mak keldi,
    Et keldi — suyak keldi.
  8. Qo‘shningni yanima, kinoya so‘z dog‘ etar,
    Qurbing yetsa ko‘maklash, eshigingni bog‘ etar.
  9. Ko‘mak bo‘lsa har ishga,
    Bitadi qolmay qishga.
  10. Ko‘maklashgan ish bitar.