17 ta maqollar yoshlik, yoshlar haqida
Ushbu sahifada yosh, yoshlik so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Yoshlik yoshga qaramas,
Qarilik — sochga. - Yosh chog’im — oltin chog’im.
- Yoshlik — beboshlik.
- Yoshlikda eksang, qarilikda o‘rasan.
- Yoshlikda o’rgangan hunar,
O‘zingga o’ljaga qolar. - Yoshlikdagi g‘ayrat — keksalikdagi rohat.
- Kiyimni yangiligidan saqla.
Obro’ni — yoshlikdan. - Nomusni yoshlikdan asra.
- Ilmi borni yosh dema,
Ilmi yo‘qni bosh dema. - Ulug‘lik yoshda emas, boshda.
- Yoshlikda bilgani — toshga yozgani,
Qarilikda bilgani — muzga yozgani. - Qarilik davri — qishday,
Yoshlik davri — yozday. - Yosh yigitning ko‘zi bilan qiz olma.
- Nojo’ya ishdan yosh bola ham uyalar.
- Yosh zehn — qaynar buloq.
- Yosh kelsa — ishga,
Qari kelsa — oshga. - Yosh ketaman deb qo‘rqitar,
Qari — o’laman deb.