18 maqollar: baxil, qizg’anchiq, xasis, ziqna haqida
Ushbu sahifada baxil, qizg’anchiq, xasis, ziqna so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Boyning molini baxil qizg‘anar.
- Qizg’anganing qizil itga yem bo’lar.
- Qizg’anchiq buzoq emgan uloqni ko‘rolmas.
- Qizg‘anchiqdan ortar, mechkaydan ortmas.
- Baxil ehsondan qochar,
Xasis mehmondan qochar. - Xasis to’y qilsa, bakovul bo‘lma.
- Xasisdan tuxum olsang, sarig’i chiqmas.
- Xasisning pulidan yulduz yaqin.
- Qamish suvga to’уmas,
Xasis — pulga. - Ziqnanikiga mehmon kelmas,
Kelsa ham ovqat yemas. - Shabnamga quduq to’lmas,
Dunyoga baxil to’ymas. - Patirdan qil chiqmas,
Baxildan pul chiqmas. - Yerdan sado chiqsa chiqar,
Baxildan sado chiqmas. - Baxilning hurmati bo‘lmas.
- Baxilning qo’lida oy bo’lsa,
Olamni yoritmas. - Baxilning tuzi tatimas.
- Baxilning ko’zasidagi suvdan na foyda.
- Baxil to‘ymas,
Baxilligini qo’ymas.