N harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (n harfidan ism)

  1. Nazrulloh      —       Allohga nazr qilingan, bag‘ishlangan bola. Arabcha.
  2. Nazif                —      pokiza, ozoda; beg‘ubor, begunoh. Arabcha.
  3. Narimon         —       qo‘rqmas, botir, dovyurak, jasur, mard, bukilmas irodali, kuch-qudratli, azamat. Arabcha, fors-tojikcha.
  4. Najmiddin   —       dinning yulduzi, yorug‘ligi, iqboli porloq kishisi. Arabcha.
  5. Nasriddin      —      dinning g‘olibi, dinning zafari yoki dinning ko‘magi, yordami tufayli erishilgan bola. Arabcha.
  6. Ne’matulloh   —     Allohning saxovati, marhamati, ne’mati. Arabcha.
  7. Nosir, Nosirjon      —     yordamchi, ko‘makchi, suyanchiq, madadkor yoki g‘olib, muzaffar, muvaffaqiyat qozonuvchi. Bu nom Muhammad (s.a.v.) sifatlaridan biridir. Arabcha.
  8. Nuriddin       —       dinning yog‘dusi, ziyosi, din ma’shali, yorug‘ligi, porloq nuri. Arabcha.
  9. Nusratulloh    —     Allohning yordami, ko‘magi; Allohning himmati, muruvvati yoki Alloh bergan baxt, omad. Arabcha.
  10. Nusrat               —      yordam beruvchi, ko‘makchi yoki g‘olib, muzaffar, peshqadam. Arabcha.
  11. Nurbek              —       beklar naslidan bo‘lgan tolei baland, iqboli porloq, yuksaklarga intiluvchi, hayot yo‘li yorug‘ bo‘lgan bola. Arabcha, o‘zbekcha.
  12. Nizom                —      tartibli, intizomli, odobli o‘g‘il bo‘lsin yoki marvarid shodasidek qimmatli, nodir. Arabcha.
  13. Nizomiddin    —      dinning tartib-qoidalari; dinning bebaho va muqaddasligi yoki dinni tartibga soluvchi. Arabcha.
  14. Nurlan               —      nurga, baxt-iqbolga to‘la bo‘lsin degan ma’noda. Arabcha.