N harfiga ismlar qizlar uchun (n harfidan qizlar ismi)

  1. Nargiza      —     nargis (bo‘tagul) dek nozik, nafis, zebo, go‘zal qiz, ifori taraluvchan. O‘zbekcha.
  2. Nasiba        —     rizqu-ro‘zli, nasibali qiz. Umri to‘kin-sochinlikda, bekamu-ko‘st o‘tsin, nasibali bo‘lsin ma’nosida. Arabcha.
  3. Nafisa       —     nafis, nozik, go‘zal, nafosatli, latofatli, foyda keltiruvchi, yaxshiliklar qiluvchi. Arabcha.
  4. Nigora        —    go‘zal chehrali, sohibjamol, o‘ziga rom etuvchi, maftunkor, latofatli, jozibali, go‘zal, zebo, tengsiz husn sohibasi, yoqimtoy. Fors-tojikcha.
  5. Nilufar      —   nilufar (savsan) o‘simligidek chiroyli, zebo qiz, o‘ziga maftun etuvchi. O‘zbekcha, hindcha.
  6. Nodira         —   tengi yo‘q, yagona, tengsiz, bebaho, benazir, nodir, betakror, beqiyos go‘zallik sohibasi go‘zal, latofatli, zebo qiz. Arabcha.
  7. Nozima         —   tartibga, intizomga rioya qiladigan, ya’ni tartibli, sarishta. Arabcha.
  8. Noila            —   orzu qilingan, intiqib kutilgan qiz. Alloh bergan sovg‘a, tuhfa. Arabcha.
  9. Nuriya            —   baxtli, shodon qiz, hayoti nurli ravshan; o‘zidan nur sochuvchi, oftobdek quvonchli qiz. Arabcha.