O harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (o harfidan ism)

  1. Obid          —         toat-ibodat qiluvchi, taqvodor, dindor, Allohga sig‘inuvchi, unga ibodat qiluvchi, osiy bo‘lmagan mo‘min banda. Arabcha.
  2. Odil          —         haqgo‘y, adolatli, insofli, to‘g‘ri, halol, pokdomon, egrilikni bilmaydigan, odil. Arabcha.
  3. Oybek        —         beklar naslidan bo‘lgan omadli, baxtli, oydek porloq bola yoki oybek urug‘i (o‘zbek urug‘laridan biri)ga mansub bola. O‘zbekcha.
  4. Ozod           —         erkin, hur, ozod, xursand, baxtiyor yoki ulug‘, salobatli; kasalliklardan holi. Fors-tojikcha.
  5. Ozodbek     —        beklar naslidan bo‘lgan hur, baxtiyor, erkin, ozod, saodatmand bola. Fors-tojikcha, o‘zbekcha.
  6. Otabek        —       shahzoda, xonzoda, beklar boshlig‘i, yetkachisi, sardori; ilg‘or, obro‘-e’tiborli, nasl-nasabli bola. O‘zbekcha.
  7. Olim           —       bilimli, aqlli, donishmand, ziyoli, farosatli, dono, bilguvchi, xabardor, ilm sohibi. Arabcha.
  8. Orif           —      ma’rifatli, dono, ilmli, ziyoli, Allohni tanigan xudojo‘y, taqvodor, itoatgo‘y mo‘min. Arabcha.
  9. Oqil            —       aqlli, fahm-farosatli, zukko, dono bola. Shakllari: Oqiljon, Oqilxon, Oqilbek. Arabcha.
  10. Omad            —      omadli, baxt-saodatli, tol’ei, mavqei baland, yuqori martabali bo‘lsin ma’nosida qo‘yiladi. Arabcha.
  11. O‘ktam             —       g‘amxo‘r, mehr-muruvvatli, oqibatli yoki mag‘rur, viqorli, mustaqil, erkin. O‘zbekcha.
  12. O‘tkir             —       keskir; mohir, aqlli, zakovatli, o‘tkir. Bilimli, zehnli, ilmli. Dono, ziyrak bola. O‘zbekcha.