O harfiga ismlar qizlar uchun (o harfidan qizlar ismi)

  1. Ozoda      —   erkin, ixtiyori o‘zida; baxtli, baxtiyor yoki toza, pokiza, saranjom, tartibli, begunoh, beg‘ubor. Ba’zi manbalarada saxiy, oq ko‘ngil, qalbi pok deb ham izohlanadi. Fors-tojikcha.
  2. Oygul       —  oydek suluv, go‘zallikda yorqin, guldek zebo, nafis, chiroyli, maftunkor, istarali qiz. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
  3. Oynur      —  oy yog‘dusidek go‘zal, pokiza; nurafshon qiz. Arabcha, o‘zbekcha.
  4. Oysha        —  yashovchi, barhayot, umri uzoq, hayoti nurli qiz. Bu ism Muhammad (s.a.v.)ning ayollari Oysha (r.a.) ismlari bo‘lgan. Arabcha.
  5. Oliya         —  yuksak, oliy, ulug‘; e’zozli, izzatli, ulug‘vor, martabali, e’tiborli. Arabcha.
  6. Omina       — omonlikda saqlanuvchi, ya’ni muhofaza qilingan ishonchli ravishda qo‘riqlangan, daxlsiz yoki rostgo‘y, vafodor. Omina — Muhammad (s.a.v.) onasining ismi bo‘lgan. Arabcha.
  7. Orzu          —  ota-onasini orzusiga erishtirgan, maqsadiga yetkazg‘an yoki orziqib kutilgan qiz. Fors-tojikcha.
  8. Osiyo          —  tegirmon yoki Osiyo qizi, Osiyo farzandi. Fors-tojikcha.