R harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (r harfidan ism)

  1. Ramziddin     —    dinning timsoli, ramzi, nishoni; dinga itoatkor, dinni o‘zida gavdalantiruvchi. Arabcha.
  2. Rafid              —     yordamchi, ko‘makdosh. Arabcha.
  3. Rahmatulloh   —    Allohning muruvvati, shavkati tufayli erishilgan bola, Allohning rahmati, marhamati va iltifotiga sazovor banda. Arabcha.
  4. Ravshan             —    yorug‘, nurli, shu’lali, porloq, tiniq, beg‘ubor. Pok, g‘am-g‘ussasiz, charog‘on yoki iqboli porloq, tolei yorqin bola bo‘lsin. Fors-tojikcha.
  5. Rahim                —    rahm qiluvchi, mehribon, marhamatli. «Abdul» ya’ni qul qo‘shimchasi qo‘yilishi lozim. Abdulrahim. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Arabcha.
  6. Rajab          —         hijriy yil hisobining yettinchi oyi — rajab oyida tug‘ilgan bola. Arabcha.
  7. Raif            —         mehribon, shafqatli, rahmdil. Arabcha.
  8. Rauf             —         rahmdil, yumshoq ko‘ngilli; oliyhimmat, saxiy. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Sol: Abdurauf. Arabcha.
  9. Rashid          —         to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi, to‘g‘ri yo‘l topgan, kamolga yetgan, aqlli, dono yoki qo‘rqmas, mard; boshliq, sardor. Sol: Abdurashid. Arabcha.
  10. Rizvon         —          jannat, behisht; jannat eshigini qo‘riqlovchi farishtaning nomi yoki Allohning yoqtirgan bandasi. Arabcha.
  11. Rustam          —      «Avesto»dagi Raodastan so‘zidan yasalgan bo‘lib, ulkan gavdali, qudratli, botir, yengilmas, dovyurak, jasur, matonatli, bahodir. Pahlaviycha. Qo‘shimcha ma’lumot: https://uz.wikipedia.org/wiki/Rustam