R harfiga ismlar qizlar uchun (r harfidan qizlar ismi)

  1. Rayona, Rayyona        —      Rayyon-jannat eshiklaridan biri. Bu eshikdan faqat ro‘za tutganlar kiritiladi. Arabcha.
  2. Rayxona      —    nozbo‘y, iforli, rayhonday yoqimtoy, yoqimli, nafis, jozibali qiz. Muhammad (s.a.v.)ning ayollaridan birining nomi. Arabcha.
  3. Ramziya        —    timsol, o‘rnak, namuna. Arabcha.
  4. Rasifa, Rasixa        —       chidamli, mahkam, irodali qiz yoki pokiza, ozoda qiz. Arabcha.
  5. Ra’no           —    qizil guldek go‘zal, chiroyli, latofatli, ra’no guldek suluv, purlatofat qiz. Arabcha.
  6. Robiya            —   oiladagi to‘rtinchi bola yoki hijriy oy hisobining to‘rtinchi kunida tug‘ilgan bola. Arabcha.
  7. Roziya            —   mamnun yoki maqbul tushuvchi, ma’qul keluvchi; yoqimli, suyukli, e’zozli, qadrli; rozilik, shukronalik, itoatgo‘ylik, mamnunlik bahsh etgan. Arabcha.