S harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (s harfidan ism)

  1. Sadriddin        —      dinning baland martabali, yuqori mavqega ega rahnamosi, dinning ulug‘ namoyondasi. Arabcha.
  2. Saloh          —     ezgulik, yaxshilik, haqqoniylik ma’nosida. Arabcha.
  3. Saadi, Sa’di   —   baxtiyor, omadli. Arabcha.
  4. Sadar          —      to‘g‘rilik, adolat; munosabat, maqsad. Arabcha.
  5. Samandar   —      «Salamandra: o‘tdan paydo bo‘lib, o‘t ichida yashovchi, kalamushsimon, afsonaviy, hayvon (qush) nomi». Samandar o‘sha nomning arabcha shakli. Ism sifatida chidamli, kuchli, irodali, mustahkam, toblangan ya’ni o‘lmaydigan, yashaydigan, umri uzoq bo‘ladigan ma’nolarini bildiradi. Arabcha, yunoncha.
  6. Samir         —       suhbatdosh, hamsuhbat, dilkash inson yoki suvsardek qimmatli, qadrli, e’zozli. Arabcha.
  7. Safir         —       elchi, vakil yoki ko‘kish rangli yoqut; qimmatli, bebaho yohud yoqimli, maqbul. Arabcha.
  8. Safo            —       tiniq, pokiza, ozoda yoki beg‘am, osoyishta; baxtiyor, rohat-farog‘atli; Ka’batullohdagi Safo — Marva tog‘i sharafiga ham qo‘yilgan. Arabcha.
  9. Said                     —     baxtli, saodatli, omadli, intiluvchan, iqboli porloq, kamolga yetuvchi. Arabcha.
  10. Sa’dulloh           —     Alloh bergan baxt, saodat. Allohning baxtli, to’lei baland bandasi. Bu nom Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning sifati bo‘lgan. Arabcha.
  11. Sarvar       —      yo‘lboshchi, boshliq, rahnamo, yetakchi, ilg‘or, peshqadam, sardor. Fors-tojikcha.
  12. Sardor       —      yetakchi, rahnamo, yo‘lboshchi, boshliq; urug‘ yoki qabila boshlig‘i; lashkar boshlig‘i; qo‘mondon. Fors-tojikcha.
  13. Sirojiddin     —     dinning nuri, mash’ali, quyoshi, oftobi. Nurli, porloq, yorqin, chiroyli, zebo. Arabcha.
  14. Sodiq          —     sadoqatli, vafodor, rostgo‘y, ishonchli, chin do‘st. Arabcha.
  15. Sobit           —      mustahkam, mahkam yoki kelishgan, xushbichim, chiroyli. Shakllari: Sobitboy, Sobitjon, Sobitbek, Sobitboy. Arabcha.
  16. Sohib           —      ega, ho‘jayin, do‘st, hamdam, ilmu-fanda yo‘lboshchi, yo‘ldosh. Asli: Sohibiddin. Arabcha.
  17. Sulaymon            —     himoyalangan, muhofazaga olingan yoki tinch, osoyishta. Ba’zilar “Tinchliksevar“ deb izohlashadi. Bu ism qadimiy yahudiy tilida   —     Sheloma, ar. Sulaymon, “Tavrot“ tilida — Solomon. Bu nom Sulaymon payg‘ambarning ismidir. Yahudiycha.
  18. Sulton        —     shoh, hukmdor ya’ni umri uzoq bo‘lib, baland martabalar egasi bo‘lsin. Arabcha.
  19. Suhrob         —       qizil yog‘du, yoqut, la’l. Bu nom «Shohnoma» dostoni qahramoni Rustamning ismidir. Pahlaviycha.