S harfiga ismlar qizlar uchun (s harfidan qizlar ismi)

  1. Saboxon     —    tong eli, shabadasi; yoqimli, muloyim yoki sahar paytida tug‘ilgan bola. Arabcha.
  2. Saboxat     —    ko‘rkamlik, go‘zallik, malohat, oq yuzli go‘zal, sabo tongi shabadasi, nafislik chiroyi. Arabcha.
  3. Sadoqat     —    vafodor, sodiq, chin samimiy do‘st, ishonish, suyanish mumkin bo‘lgan yaqin inson. Arabcha.
  4. Saida         —    baxtli, omadli, tolei baland, iqboli porloq, saodatmand qiz. Arabcha.
  5. Sayyora       —    tez harakat qiluvchi yulduz; sayyora planetasi yoki tolei baland, iqboli porloq, baxtli-saodatli qiz. Arabcha.
  6. Salima      —    sog‘lom, umri uzoq qiz yoki samimiy, dilkash, ko‘ngli ochiq, vafodor qiz. Arabcha.
  7. Samina      —    qadrli, izzat-obro‘li qiz yoki Samin (gul)dek chiroyli, zarif, latofatli qiz. Arabcha.
  8. Samira       —    suhbatdosh, hamsuhbat, shirinso‘z, dilkash va ko‘ngli ochiq qiz. Arabcha.
  9. Samiya        —     ziyrak, sezgir, dono qiz. Arabcha.
  10. Sanobar     —     hushqomat, chiroy, daraxtning nomi, sanavbardek go‘zal, kelishgan, hushbichim, suluv qomatli qiz. Arabcha.
  11. Saodat        —    baxtli, saodatli, baxtiyor, iqboli porloq, tolei balnd qiz. Arabcha.
  12. Sarvinoz   —    tik qomatli, bo‘y-basti kelishgan, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz. Fors-tojikcha.
  13. Safiya         —    aql, donishmandlik yoki arabcha Sofiya — sof, pokiza, pokdomon, ma’suma, iffatli. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning o‘n uchinchi ayollarining ismi bo‘lgan. Arabcha, yahudiycha.
  14. Safura        —   yulduz, yorug‘ yulduz; yorqin, porloq; shukuhli, hashamatli, mag‘rur yoki sochlari sariq qiz. Arabcha.
  15. Saxida         —   to‘g‘ri, barvasta qadli, go‘zal qomatli. Arabcha.
  16. Sevara          —  suyukli, yoqimtoy, qadrli aziza qiz. O‘zbekcha.
  17. Sitora         —   yulduz, baxtli, omadli, chiroyli, tolei baland qiz, yulduz kabi porloq. Arabcha.
  18. Sojida        —   sajda qiluvchi, taqvodor, Allohga sig‘inuvchi, muslima mo‘mina qiz. Arabcha.
  19. Solixa         —   salohiyatli, pokiza, ozoda yoki diyonatli, taqvodor, xudojo‘y, muslima qiz. Arabcha.
  20. Soxiba          —   uyning egasi, bekasi, malikasi yoki do‘st, hayotdagi sodiq yo‘ldosh, suyukli rafiqa, sevilgan yor. Arabcha.