SH harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (sh harfidan ism)

  1. Shamsiddin       —     dinning quyoshi, yog‘dusi, porloq vakili, din nurini tarqalishiga hissa qo‘shuvchi. Arabcha.
  2. Shahobiddin     —     yorug‘, porloq, chaqnoq yulduz, dinning nurli, zulmatni yorituvchi yorug‘ yulduzi. Arabcha.
  3. Shahboz            —     shunqor, lochin, ya’ni dovyurak, mard; chaqqon, sezgir, shiddatkor, qudratli bo‘lsin. Fors-tojikcha.
  4. Shahzod            —     shohlar nasliga mansub bola, podshoh o‘g‘li, boy. Zodagon, sardor, hukmron va qirollardek savlatli, viqorli, obro‘-e’tiborli. Fors-tojikcha.
  5. Shahriyor         —     buyuk podshoh, shohlar shohi, shohanshoh. Fors-tojikcha.
  6. Shodiyor           —     doimo quvnoqlik, shodlik, baxtiyorlik hamrohi bo‘lsin ma’nosida. Fors-tojikcha, o‘zbekcha.
  7. Shukrulloh     —    Allohga shukr aytuvchi. Yoki, bizga farzand ato qilganligi uchun Allohga cheksiz hamdu sanolar, shukronalar bo‘lsin ma’nosida. Arabcha.
  8. Sherzod           —     sherdek dovyuraklar, jasurlar avlodidan bo‘lgan bola ma’nosida. Fors-tojikcha.