SH harfiga ismlar qizlar uchun (sh harfidan qizlar ismi)

  1. Shaxzoda      —     shoh farzandi, shohlar nasliga mansub qiz. Yuqori martabali, mehribon, ko‘ngli toza obro‘-e’tiborli bo‘lsin. Fors-tojikcha.
  2. Shaxina        —     shohlar avlodi vakillaridek mard, jasur, ziyrak, dovyurak, qo‘rqmas qiz. Fors-tojikcha.
  3. Shaxlo           —     katta qora ko‘zli qiz, qora ko‘zli go‘zal, chiroyli, suluv, maftunkor qiz. Arabcha.
  4. Shaxnoza       —     shohona, beklarcha yoki nozli karashmali, latofatli. Shohlar, aslzodalar avlodiga mansub nozik va zebo go‘zal qiz. Fors-tojikcha.
  5. Shaxrizoda   —     shohlar, aslzodalar nasliga mansub ko‘rkam, chiroyli qomatli qiz; podshohzoda, shohzoda, viqorli. Fors-tojikcha.
  6. Shirin           —     totli, chuchuk, lazzatli. Aziz, yoqimli, suyukli. Fors-tojikcha.
  7. Shodiya            —     shodon, quvnoq, baxtiyor qiz. Shodlik, xursandchilik kuni tug‘ilgan qiz. Odamlarga shodlik olib keluvchi. Fors-tojikcha.
  8. Shoira             —     so‘zga chechan, shirinsuxan, notiqa qiz bo‘lsin. Ulg‘ayib shoira bo‘lib she’rlar ijod qilsin ma’nosida. Forscha Shaere      — «shoir ayol» dan kelib chiqqan. Arabcha.