U harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (u harfidan ism)

  1. Ubaydulloh        —      Allohning kichik quli, bandasi. Ubayd — qul, qulcha. Arabcha.
  2. Ulug‘bek        —       buyuk hukmron, buyuk sulton yoki beklarning beki. Amir Temur nabirasi, davlat arbobi va olim Ulug‘bekdek yuqori martabali bo‘lsin degan niyatda ham qo‘yiladi. O‘zbekcha.
  3. Umid             —       orzu qilingan, umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola. Arabcha.
  4. Umidulloh  —       Alloh erishtirgan orzu-umid, armon. Arabcha.
  5. Umar              —      mangu barhayot, yashaydigan. Bu nom Umar ibn Hattobning ismi bo‘lib, “choryorlar“ deb ataluvchi 4 halifaning ikkinchisidir. Bu ism ba’zi manbalarda “ziyoratchi, hoji“ deb ham talqin etiladi. Arabcha.
  6. Uzayr            —        kuchli, qudratli, “ko‘makchi“. Qadimda Isroilda o‘tgan payg‘ambarlardan birining ismi. Arabcha.
  7. Urfon           —        bilimli, ma’rifatli. Arabcha.
  8. Usmon            —       siniqchi, singanlarni davolovchi, shikastband yoki og‘ir, bosiq, mard, jasur. Bu nom Usmon ibn Affon (614-656 yillar) choryorlar deb yuritiluvchi halifalarning uchinchisining ismi. Arabcha.
  9. Uchqun            —       hayoti nurli, yorug‘, nurli tolei porloq, iqboli baland, baxtiyor, saodatli va omadli, umri yorqin bola. O‘zbekcha.