Y harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (y harfidan ism)

  1. Yahyo       —      sahiy, muruvvatli, ochiq qo‘l, bag‘ri keng; yashovchi, barhayot, hayotiy yoki hushxulq, insonga do‘st. Payg‘ambarlardan birining ismi. Yahudiycha.
  2. Yunus     —    Iona, Ionis — kabutar. Shuningdek, Yunus payg‘ambarning ismlari. Yahudiycha.
  3. Yusuf     —    qadimiy yahudiycha nom Iosifning (Yaqub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi sharqda go‘zallik, hushro‘ylik timsolidir. Yusuf payg‘ambarning ismlari. Arabcha, yahudiycha.
  4. Yoqub          —        izidan boruvchi, sabr-toqatli, dovyurak, jasur. Yahudiycha.
  5. Yoznur       —       yozda tug‘ilgan o‘gilni umri ravshan, nurli bo‘lsin. Arabcha, o‘zbekcha.
  6. Yorbek       —       beklar nasliga mansub bola. Oiladagilariga hamroh, yo‘ldosh bo‘lib o‘ssin. Fors-tojikcha, o‘zbekcha.
  7. Yorqin       —       hayoti (kelajagi) porloq, nurga to‘la bo‘lsin yoki mehrli, shavkatli, muruvvatli, samimiy, ko‘ngli ochiq bola. O‘zbekcha.