Z harfiga ismlar o’g’il bolalar uchun (z harfidan ism)
- Zafar — g‘olib, zafar quchuvchi, g‘alabaga erishuvchi, baxtli, saodatli, iqboli porloq, tolei baland. Arabcha.
- Zayniddin — dinning ko‘rki, go‘zal husni bo‘luvchi bola. Arabcha.
- Zayd — tuhfa, in’om yoki ko‘payish, qo‘shilish. Arabcha.
- Zoyir — ziyoratchi. Arabcha.
- Zokir — Allohni zikr qiluvchi, Allohga itoat qiluvchi solih banda. Arabcha.
- Ziyo — nurli, yorqin yoki baxtli, tolei baland. Shakillari (Ziyovuddin, Ziyoali, Ziyodulloh). Arabcha.
- Zabir — mahkam, mustahkam; to‘silgan, himoya qilingan; kuchli, qudratli. Arabcha.
- Zohid — dindor, iymonu e’tiqodli. Xudojo‘y, taqvodor, tarki dunyo qilgan. Asli Zohidulla, Zohiddin. Arabcha.
- Zohir — nurli, ravshan, porloq, yoki ko‘makchi, yordamchi, dastyor, suyanchiq, madadkor. Arabcha.
- Zubayr — qudratli, aqlli, dono, idrokli, zehnli, baquvvat, bilagida kuchi bor.