Z harfiga ismlar qizlar uchun (z harfidan qizlar ismi)

  1. Zaynab      —         to‘lachadan kelgan, semiz, durkun; kelishgan, go‘zal. Zaynab nomi Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) qizlarining ismi bo‘lgan. Arabcha.
  2. Zaynura    —         go‘zal, zebo qiz. Arabcha.
  3. Zamira      —         oliyjanob, vijdonli, pokdomon, iboli, ifffatli, pokiza qiz. Arabcha.
  4. Zarina       —        zarli, oltinli, zarlangan, zarrin, chiroyli, go‘zal, ko‘z qamashtiruvchi husn sohibasi, suluv qiz. Fors-tojikcha.
  5. Zarnigor   —        tilloga bezangan, zeblangan, bebaho, qadri baland, zarrin yoki sochlari tillodek jilvali, tovlanib turuvchi, chiroyli, maftunkor qiz. Fors-tojikcha.
  6. Zarifa       —        pokiza, ma’suma, iffatli, nozik ta’b, fahm-farosatli, aqlli, oriyatli, hayo-iboli, munis, xushfahm qiz. Arabcha.
  7. Zaxro           —        yorqin, ravshan, oq yuzli. Nurli, porloq, nur taratuvchi yoki intiluvchi, havas qiluvchi, oldinga intiluvchi. Arabcha.
  8. Zebiniso    —       ayollarning eng go‘zali, zebosi, zebu-ziynati, latofati, jozibali, maftun qiluvchi, o‘ziga rom etuvchi chiroyda teng yo‘q qiz.  Arabcha, fors-tojikcha.
  9. Zebo              —       chiroyli, go‘zal, suluv, husni jamoli nafis qiz. Fors-tojikcha.
  10. Zulfiya        —       sochi o‘ralib tug‘ilgan, jingalak, jilvakor sochli qiz, suluv, latofatli, maftunkor zebo. Fors-tojikcha.
  11. Ziyoda            —       qizlari yetarli (ziyoda) bo‘ldi, endigisi o‘g‘il bo‘lsin yoki umri ziyoda, uzun bo‘lsin, baxtli bo‘lsin. Badanda ortiqcha belgisi, ortig‘i bo‘lsa ham bu ism qo‘yiladi. Arabcha.
  12. Zilola         —       tiniq buloq suvidek pokiza, sof, toza, beg‘ubor oqila qiz. Arabcha.
  13. Zinnura       —       nurli, ravshan, chiroyli, dilbar qiz. Arabcha.
  14. Ziroat          —       hosil, hosila. Mo‘l-ko‘lchilik, qut-baraka olib keluvchi qiz. Arabcha.
  15. Zoxida          —       dindor, xudojo‘y, mo‘mina ayol. Arabcha.
  16. Zulayxo        —       kichik, kenja qiz. Ism ma’nosi turli ko‘rinishda keladi. Ba’zilar sirg‘anchiq, silliq, muloyim deb ham talqin qilishgan. Yusuf payg‘ambarning ayollarining ismi bo‘lgan. Arabcha.
  17. Zulxumor     —        xumorli, qo‘msalgan, orziqib, intizor bo‘lib kutilgan qiz yoki dilbar, maftunkor, jozibali, ishvali, o‘ziga rom etuvchi. Arabcha.
  18. Zumrad          —       yashil tusli qimmatbaho tosh, zumraddek qimmatli, bebaho, noyob, zebo, latofatli, suluv qiz yoki ko‘k ko‘zli qiz. Fors-tojikcha.