O’zbekcha topishmoqlar HAYVONLAR haqida
Bu yerda bolalar uchun hayvonlar haqida o’zbekcha topishmoqlar javobi bilan joylashtirilgan. Marhamat, hayvonlar haqida o’zbek tilida yozilgan topishmoqlardan bahramand bo’ling!
Suvday chopadi,
Manzilga yetadi.
(Ot)
To‘rt oyoqli,
Temir tuyoqli.
(Ot)
Suvga tushsa mingta,
Suvdan chiqsa bitta.
(Otning dumi)
Quyon emas,
Uzun quloq,
Ot emas,
To‘rtta tuyoq.
(Eshak)
Tapir-tupir to‘rtovlon,
Hangragani birovlon.
(Eshak)
Oyog‘i popik,
Og‘zi ko‘pik.
(Tuya)
Bu yoqqa o‘tdi lop-lop,
U yoqqa o‘tdi lop-lop.
«Sho‘ra» dedi, qo‘ymadi,
Yutaverdi soplab.
(Tuya)
O‘zi katta,
Dumi kalta.
(Tuya)
Soyada yotar,
Ming qo‘y boqar.
(It, kuchuk)
Uyday joyni olar,
Sichqondan qo‘rqar.
(Fil)
Tuya desam, kattakon,
Usti keng, bir makon.
(Fil)
Qanoti bor uchmaydi,
Quruqlikda yurmaydi.
(Baliq)
Osti tosh, usti tosh,
O‘rtasida chandir bosh.
(Toshbaqa)
Tog‘u toshlarda toshtovoq,
Ichi to‘la go‘shtu yog‘.
(Toshbaqa)
Emaklagan toshni ko‘rdim,
Toshdan chiqqan boshni ko‘rdim:
(Toshbaqa)