O’zbekcha topishmoqlar TABIAT haqida

O'zbekcha topishmoqlar tabiat haqida

Bu yerda bolalar uchun tabiat haqida o’zbekcha topishmoqlar javobi bilan joylashtirilgan. Marhamat, tabiat haqida o’zbek tilida yozilgan topishmoqlardan bahramand bo’ling!


Oltin kelganda, kumush ketar,
Kumush kelganda, oltin ketar.
(Quyosh, Oy)


Bir parcha patir,
Olamga tatir.
(Oy)


Onasi bitta.
Bolasi mingta.
(Oy va yulduzlar)


Zar gilam, zar-zar gilam,
Ko‘taray desam, og‘ir gilam.
(Yer)


Ketaveradi, ketaveradi,
Orqasiga qaramaydi.
(Suv, ariq)


Ko‘zga ko‘rinmas,
Qo‘lga tutilmas.
(Havo)


Oppoqqina dasturxon,
Yer yuzini qoplagan.
(Qor)


Oq tovuq,
Katagi sovuq.
(Qor)


Oqqina tovuq xirmon sochar.
(Qor)


Oq sigir turib ketdi,
Qora sigir yotib qoldi.
(Qor, yer)


Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
(Shamol)


Chopsa, chopilmas,
Kessa, kesilmas.
(Soya)


O’zbekcha topishmoqlar boshqa mavzular bo’yicha:

Hayvonlar

Kitob

Mevalar

Non

Qushlar

Raqamlar & sonlar

Sabzavotlar

Tabiat

Tana a’zolari