O’zbekcha topishmoqlar QUSHLAR haqida

O'zbekcha topishmoqlar qushlar haqida

Bu yerda bolalar uchun qushlar haqida o’zbekcha topishmoqlar javobi bilan joylashtirilgan. Marhamat, qush haqida o’zbek tilida yozilgan topishmoqlardan bahramand bo’ling!


Kasbi doim taqir-tuqur,
Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir.
(Laylak)


Yuqoridan keladi zebogina tovshi bor,
Oyog‘ida paxmoqqina kovshi bor.
(Kaklik)


Saroyda sari otim,
Sebi bilan kishnaydi,
To‘qayda to‘riq otim,
To‘pi bilan kishnaydi.
(Kaklik)


Surp ko‘ylaklik,
Selon kamzullik.
(Olashaqshaq)


Atlas ko‘ylak qanoti,
Xush xabarchi odati.
(Zag‘izg‘on)


Yozda keladi,
Qishda ketadi.
(Zag‘izg‘on)


Gul ustida olifta ashulachi.
(Bulbul)


Zuv-zuv borag‘ay,
Tomdan qarag‘ay.
Cho‘p, loy cho‘qig‘ay,
Savat to‘qig‘ay.
(Qaldirg‘och)


O’zbekcha topishmoqlar boshqa mavzular bo’yicha:

Hayvonlar

Kitob

Mevalar

Non

Qushlar

Raqamlar & sonlar

Sabzavotlar

Tabiat

Tana a’zolari