O'zbekcha topishmoqlar raqamlar, sonlar ishtirokida

Bu yerda bolalar uchun raqamlar ishtirokida o'zbekcha topishmoqlar javobi bilan joylashtirilgan. Marhamat, sonlar ishtirokida o'zbek tilida yozilgan topishmoqlardan bahramand bo'ling!
Bir parcha patir,
Olamga tatir.
(Oy)
Onasi bitta.
Bolasi mingta.
(Oy va yulduzlar)
Ikki og‘ayni bir-birini ko‘rmaydi.
(Ko‘z)
Besh og‘ayni yosh edi,
Ichida biri bosh edi.
(Barmoqlar)
Ikki otim bor,
Bir-biridan chopog‘on.
(Oyoq)
To‘rt oyoqli,
Temir tuyoqli.
(Ot)
Quyon emas,
Uzun quloq,
Ot emas,
To‘rtta tuyoq.
(Eshak)
Qirq ko‘ylagi bor,
Bir tugmasi yo‘q.
(Piyoz)