O’zbekcha topishmoqlar tana a’zolari haqida
Bu yerda bolalar uchun tana a’zolari haqida o’zbekcha topishmoqlar javobi bilan joylashtirilgan. Marhamat, tana a’zolari haqida o’zbek tilida yozilgan topishmoqlardan bahramand bo’ling!
Kunduzi yonar,
Kechasi so‘nar.
(Ko‘z)
Ikki og‘ayni bir-birini ko‘rmaydi.
(Ko‘z)
Teg desam, tegmaydi,
Tegma desam, tegadi.
(Lab)
Besh og‘ayni yosh edi,
Ichida biri bosh edi.
(Barmoqlar)
Katta-kichik besh o‘rtoq,
Uyushsa bo‘lar to‘qmoq.
(Barmoqlar)
Ikki otim bor,
Bir-biridan chopog‘on.
(Oyoq)
Tursang turar,
Yetsang yotar.
(Oyoq)