O’zbekcha topishmoqlar KITOB haqida

O'zbekcha topishmoqlar kitob haqida

Bu yerda bolalar uchun kitob haqida o’zbekcha topishmoqlar javobi bilan joylashtirilgan. Marhamat, kitoblar haqida o’zbek tilida yozilgan topishmoqlardan bahramand bo’ling!


Daraxt emas, yaproqli,
Ko‘ylak emas, etakli,
Odam emas so‘zlaydi,
Turli kuylar kuylaydi.
(Javobi: Kitob)


Ustida qopqoq,
Tagida qopqoq,
Ichinda yaproq.
(Javobi: Kitob)


Tilsiz, aql o‘rgatar.
(Javobi: Kitob)


Bodomcha bodomcha bilan,
Yetti kalit tom bilan.
Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor,
So‘ylashadi odam bilan.
(Javobi: Kitob)


O’zbekcha topishmoqlar boshqa mavzular bo’yicha:

Hayvonlar

Kitob

Mevalar

Non

Qushlar

Raqamlar & sonlar

Sabzavotlar

Tabiat

Tana a’zolari