O’zbekcha topishmoqlar MEVALAR haqida
Bu yerda bolalar uchun mevalar haqida o’zbekcha topishmoqlar javobi bilan joylashtirilgan. Marhamat, meva haqida o’zbek tilida yozilgan topishmoqlardan bahramand bo’ling!
Osh ichida tosh,
Tosh ichida osh.
(O‘rik)
O‘zi shirin, tukligina,
Mazasi bor, totligina.
(Shaftoli)
Bodom kabi yaprog‘i,
Sollanadi butog‘i.
(Shaftoli)
Past-past bo‘yi bor,
Malla to‘ni bor.
(Behi)
Mallagina to‘ni bor,
Nordongina ta’mi bor.
(Behi)
Dum-dumaloq bo‘yi bor,
Palovda obro‘yi bor.
(Behi)
Tashi qizil anorday,
Ichi oq — unday,
O‘tirishi gulday.
(Jiyda)
Kichkina dekcha,
Ichi to‘la mixcha.
(Anor)
Kichkina gumbaz ichida
Qizlar aylabdi makon.
Yuzlarida parda tutig‘lik,
Har birining bag‘ri qon.
(Anor)
Gulsiz bo‘lar mevasi,
Shirin-shirin donasi.
(Anjir)
Osti sariq, usti sariq,
Shirin, totli, ichi tariq.
(Anjir)
Tepdim, sandiq ochildi,
Yerga bodom sochildi.
(Do‘lana)