O’zbekcha topishmoqlar SABZAVOTLAR haqida
Bu yerda bolalar uchun sabzavotlar haqida o’zbekcha topishmoqlar javobi bilan joylashtirilgan. Marhamat, sabzavot haqida o’zbek tilida yozilgan topishmoqlardan bahramand bo’ling!
Mayda-mayda uzunchoq,
Tashi ko‘k, ichida zirachak
(Bodring)
Qat-qat to‘nli,
Qarich bo‘yli.
(Karam)
Qat-qat quloq,
Dum-dumaloq.
(Karam)
Yer tagida oltin bosh.
(Sholg‘om)
Yer tagida oltin qoziq.
(Sabzi)
Qizil qiz yer ostida,
Sochlari yer ustida.
(Sabzi)
Past-past bo‘yi bor,
Yetti qavat to‘ni bor.
(Piyoz)
Qirq ko‘ylagi bor,
Bir tugmasi yo‘q.
(Piyoz)
Bir barmoqcha bo‘yi bor,
Qizil baxmal to‘ni bor.
(Garmdori)